Erling Holand XXI asrda Jahon chempionatlarida noyob rekord o‘rnatgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi
Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Holand JCh-2026 nimchorak finali doirasida Braziliyaga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, Holand o‘zi uchun debyut hisoblangan mundialdagi dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan XXI asrdagi ilk yevropalik futbolchiga aylandi. Oxirgi marta yevropalik futbolchilardan bunday natijani 1998-yilgi Jahon chempionatida italiyalik Kristian Vyeri ko‘rsatgan edi. Bu haqda Squawka statistik sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Mazkur mundialda norvegiyalik forvard guruh bosqichida Iroq darvozasiga ikkita gol urgan (4:1) hamda Senegal bilan bahsda (3:2) dubl rasmiylashtirgan edi. Guruhdagi Fransiya (1:4) bilan o‘yinda esa Erling maydonga tushmagan. Musobaqaning 1/16 final bosqichida esa hujumchi Kot-d'Ivuar darvozasini aniq nishonga olgan edi (2:1).
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiya bilan kuch sinashib (3:3), penaltilar seriyasida (4:2) g‘alabani qo‘lga kiritishgan.