locale OZ

Erling Holand va Rodri mashg'ulotlarga qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand va Rodri mashg'ulotlarga qaytdi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
27.04.2025, Yak.
Nottingem F
0
Manchester Siti
2

“Manchester Siti” futbolchilari Erling Holand va Rodri jarohatidan forig' bo'lib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilarning jamoa bilan maydonda tushgan qo'shma suratlari paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon maydonga tushgani yo'q. 24 yoshli norvegiyalik forvard esa to'pig'idagi jarohat sabab mavsumning so'nggi oyini o'tkazib yubordi.

Ma'lumot uchun, Rodri joriy mavsum atigi 3 ta o'yinda maydonga tushib. Holand hisobida esa 40 ta o'yin, 30 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

“Manchester Siti” o'zining navbatdagi o'yinini bugun, 27-aprel kuni Angliya Kubogi yarim finalida “Nottingem Forest”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting