locale OZ

Erling Holand to‘purarlar poygasida Messi va Mbappega yetib oldi

Norvegiyalik yulduz Braziliya darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Erling Holand to‘purarlar poygasida Messi va Mbappega yetib oldi
FOTO: Getty Images

Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026-yilgi Jahon chempionatida kiritilgan gollar soni bo‘yicha fransiyalik forvard Kilian Mbappe va argentinalik afsona Lionel Messiga yetib oldi.

Bu natija norvegiyalik yulduzning musobaqa 1/8 finali doirasida Braziliya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) dubl qayd etishidan so‘ng yuzaga keldi. Ayni damda Erling hisobida 4 ta o‘yinda kiritilgan 7 ta gol mavjud. Ayni vaqtda Messi va Mbappe ham raqiblar darvozasini shuncha marotaba aniq nishonga olishgan va ushbu uchlik to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

E’tiborli jihati, Holand hisobida Mbappega qaraganda bitta kam o‘yin bor va u o‘z hisobiga bitta golli uzatma ham yozdirib qo‘ygan. Lionel Messi ham Holand kabi 4 ta bahsda maydonga tushgan bo‘lsa-da, uning hisobida hozircha samarali uzatma mavjud emas.

Braziliya to‘sig‘idan o‘tgan Norvegiya terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular yarim final yo‘lida Angliya yoki Meksika terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting