locale OZ

Erling Holand Norvegiya terma jamoasining JCh-2026 guruhidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi

«Vikinglar» birinchi turda Iroqni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand Norvegiya terma jamoasining JCh-2026 guruhidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlash imkoniyatlarini baholadi.

«Guruhda birinchi bo‘lish? Keling, realist bo‘lamiz, Fransiya, ehtimol, butun turnirda g‘alaba qozonishi mumkindir... Fransiyaga qarshi o‘yin juda qiyin kechadi, ular Senegal bilan bahsda ajoyib taassurot qoldirishdi. Biz dastlab Senegalga qarshi uchrashuvga bor e’tiborimizni qaratamiz, undan yog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi», — deya Holandning so‘zlarini keltirmoqda Actu Foot.

Ma’lumot uchun, Norvegiya milliy terma jamoasi «I» guruhida Fransiya, Senegal va Iroq jamoalari bilan birgalikda joy olgan. Guruhning dastlabki turida norvegiyaliklar Iroq terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Fransiya termasi Senegal ustidan ishonchli g‘alabaga (3:1) erishgan edi.

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati bahslari joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting