locale OZ

Erling Holand Jek Grilishni “masxara qildi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand Jek Grilishni “masxara qildi”
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand jamoadoshi Jek Grilish Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgach, uni masxara qildi.

Holand ijtimoiy tarmoqqa samolyotda yonidagi bo'sh o'rindiq bilan tushgan suratini joylashtirib, quyidagicha izoh yozdi:

“Jek Grilish, qayerdasan?”.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Grilish “Manchester Siti”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga hozirda “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda va uni ijaraga olmoqchi.

Ma'lumot uchun, “shaharliklar” klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida “Vidad”, “Al-Ayn” va “Yuventus” klublari bilan to'qnash keladi. Turnir 14-iyundan 13-iyulga qadar bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting