locale OZ

Erling Holand Gerd Myullerning 1970-yildagi tarixiy natijasini takrorladi

Norvegiyalik yulduz Braziliya darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand Gerd Myullerning 1970-yildagi tarixiy natijasini takrorladi
FOTO: Getty Images

Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Holand o‘zi uchun debyut hisoblangan mundialdagi dastlabki to‘rtta uchrashuvda 7 ta gol urgan tarixdagi navbatdagi futbolchiga aylandi. Oxirgi marta 1970-yilgi Jahon chempionatida germaniyalik afsonaviy forvard Gerd Myuller dastlabki to‘rtta o‘yinida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu haqda OptaJose tahliliy sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiya terma jamoasi Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Skandinaviyaliklar safida Erling Xoland dubl qayd etgan bo‘lsa, braziliyaliklarning yagona javob golini penaltidan Neymar kiritdi.

Mundialning chorak final bosqichida Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning 1/16 finalida Braziliya terma jamoasi Yaponiya to‘sig‘idan o‘tgan edi (2:1), Norvegiya esa Kot-d`Ivuar ustidan g‘alaba qozongandi (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting