locale OZ

Erling Holand APLda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urdi

Norvegiyalik hujumchi golli seriyasini davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand APLda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Brentford»ga qarshi uchrashuvda (3:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, norvegiyalik forvard APLning oxirgi to‘rtta o‘yinidan beri maydonni golsiz tark etmayapti.

Holand ushbu bahsgacha Londonning «Arsenal» (2:1), «Bernli» (1:0) va «Everton» (3:3) jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Umumiy hisobda, «shaharliklar» hujumchisi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda «Manchester Siti» 74 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Brentford» esa 51 ochko bilan sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi. Musobaqada «Arsenal» (76 ochko) peshqadamlik qilmoqda.

Navbatdagi turda «shaharliklar» 19 may kuni safarda «Bornmut» bilan bahs olib borishadi, «arilar» esa 17 may kuni o‘z maydonlarida «Kristal Pelas»ni qabul qilishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting