locale OZ

Erling Holand 25 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng badavlat sportchisi deb topildi — Forbes

Norvegiyalik yulduzning yillik maoshi 80 million dollarni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand 25 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng badavlat sportchisi deb topildi — Forbes
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand nufuzli Forbes nashri talqiniga ko‘ra oxirgi 12 oy ichida dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi yosh sportchisi deb topildi. 25 yoshgacha bo‘lgan atletlar reytingida peshqadamlik qilayotgan norvegiyalik forvard ushbu davr mobaynida jami 80 million dollar daromad ko‘rgan. Bu summaga uning klubdagi maoshi, shuningdek, shaxsiy homiylik va reklama shartnomalari hamda ommaviy tadbirlardagi ishtiroki uchun to‘langan mablag‘lar kiritilgan.

E’lon qilingan ushbu reytingning kuchli oltiligidan futbol, basketbol va tennis olamining eng yorqin yosh yulduzlari joy olishgan. Holanddan keyingi o‘rinni 69 million dollar bilan basketbolchi Entoni Edvards band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 61,5 million dollar daromad bilan tennischi Karlos Alkaras yakunlab bergan. Shuningdek, ro‘yxatdan «Real» hujumchisi Vinisius Junior (60 mln $), basketbolchi Keyd Kanningem (58,6 mln $) va tennischi Yannik Sinner (54,6 mln $) ham joy olgan.

Ushbu ko‘rsatkich yosh futbolchilarning nafaqat maydondagi mahorati, balki zamonaviy sport marketingidagi ulkan nufuzini ham yaqqol namoyish etmoqda. Erling Holand va Vinisius Junior kabi yulduzlar yangi avlod vakillari ichida brendlar uchun eng jozibador siymolarga aylanib ulgurishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting