locale OZ

Erkaklar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilari ro‘yxati

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkaklar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilari ro‘yxati
Rasm: podrobno.uz G‘ulomjon Abdullayev

25-30 mart kunlari Iordaniya poytaxti Ammanda kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. 29-30 mart kunlari qit’a birinchiligida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar boshlanadi. Musobaqada Muso Saydulbatalov boshchiligidagi o‘zbekistonlik kurashchilar medallar uchun kurashadi. Jamoa safiga Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi G‘ulomjon Abdullayev ham kiritilgan.
Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
-61 kg: Behruzbek Turonmurodov
-65 kg: Umidjon Jalolov
-70 kg: Begijon Qo‘ldoshev
-74 kg: Fazliddin Nasriddinov
-79 kg: Asadbek Karimov
-86 kg: Bobur Islomov
-92 kg: Sherzod Po‘yonov
-97 kg: Maqsud Veysalov
-125 kg: Sardorbek Xolmatov

O‘zbekiston terma jamoasi hisobida yunon-rum kurashi bo'yicha oltita medal mavjud bo'lib, ulardan uchtasi oltin, ikkitasi kumush va bittasi bronzadan iborat.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting