locale OZ

Erjan Tokotayev “Andijon”ning 2025-yildagi eng yaxshi futbolchisi!

Eng koʻp ovoz toʻplagan qirgʻizistonlik darvozabon Erjan Tokotev 2025-yilda “Andijon”ning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erjan Tokotayev “Andijon”ning 2025-yildagi eng yaxshi futbolchisi!
photo: Andijon fk

“Andijon” matbuot xizmati tomonidan muxlislar oʻrtasida anʼanaviy tarzda yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun oʻtkazilgan bu yilgi soʻrovnoma yakuniga yetdi.

Ikki bosqichda oʻtkazilgan soʻrovnomaning hal qiluvchi qismida Erjan Tokotayev, Muhammadkarim Toirov, Shaxzod Azmiddinov va Ismoil Akinade nomzodlari qatnashdi.

Eng koʻp ovoz toʻplagan qirgʻizistonlik darvozabon Erjan Tokotev 2025-yilda “Andijon”ning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi.

U yaqinda Qirgʻizistonda ham yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Soʻrovnoma yakunlari boʻyicha ikkinchi oʻrin Muhammadkarim Toirov va uchinchi oʻrin Shaxzod Azmiddinovga nasib qildi.

Tokotayev ikkinchi davrada “Andijon” safiga qoʻshilgan boʻlib, Superligada 12, OCHL 2 musobaqasida esa 4 ta oʻyin oʻtkazdi. Erjan chempionatda ikkita oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan boʻlsa, OCHL 2 da oʻzi ishtirok etgan barcha uchrashuvlarda quruq oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili eng yaxshi futbolchi nomiga Bektemir Abdumannonov sazovor boʻlgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting