Erjan Tokotaev: «Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz»
OCHL 2 “B” guruhidagi “Arkadag” - “Andijon” uchrashuvi oldidan bugun stadionda matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Andijon jamoasi darvozaboni Erjan Tokotaev fikr bildirdi.
- Siz yaqinda Qirg'iziston terma jamoasi safida CAFA musobaqasida qatnashdingiz va jarohat oldingiz. Holatingiz qanday? Ertangi uchrashuvga tayyormisiz?
- Birinchi navbatda qayg'urganingiz uchun rahmat. Jarohatdan so'ng davolanib oldim. Hozirgi paytda bahsga tayyorman.
- Siz u yerda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'ynadingiz. Raqibni o'ziga yarasha bildingiz. Shunday ekan, uchrashuvdan avval qandaydir bosim yo'qmi?
- Hech qanday bosim yo'q. Albatta, qiziqarli jamoa, o'zining kuchli tomonlari bor. Xalqaro katta tajribaga ega jamoa. Shuning uchun bizni qiziqarli bahs kutyapti. Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz.