locale OZ

Eriksen: \"Keyingi mavsumda hammasi yaxshi bo‘lishi kerak\"

Daniyalik xavbek yozda jamoani tark etadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eriksen: "Keyingi mavsumda hammasi yaxshi bo‘lishi kerak"
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kristian Eriksen jamoaning o‘tgan mavsumdagi natijalariga o‘z fikrini bildirdi.

“Afsuski, bu mavsumda muvaffaqiyatsiz o‘yinlar ko‘p bo‘ldi. Yevropa ligasi finalida esa imkoniyatni boy berdik. Lekin bu futbol.

Keyingi mavsumda hammasi yaxshi bo‘lishi kerak. Ishonchim komilki, shunday bo‘ladi. Chetdan kuzatib turaman.

Jamoa futbolchilari alohida-alohida juda va juda yaxshi o‘yinchilar. Ular jadvalda bunday pozitsiyada bo‘lmasligi kerak. Bu yigitlar vaziyatni o‘zgartira olishadi.

"Manchester Yunayted" kelasi mavsumda boshqa jamoa bo‘ladi," - deydi Eriksen.

Eslatib o‘tamiz, “MYu” APLda mavsumni 15-o‘rinda yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting