Eriksen faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
U yangi klubi bilan kelishib oldi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarimhimoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romano daniyalik futbolchi "Volfsburg" a'zosiga aylanishini tasdiqladi.
"Kelishuv amalga oshdi, Eriksen tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Daniyalik futbolchining faoliyatida yangi sahifa", - deb yozadi Romano.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida daniyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Eriksen hozir 33 yoshda. U faoliyatining uch yilini "mankunianliklar" safida o‘tkazgan, avvalroq “Ayaks”, “Tottenxem”, “Inter” va “Brentford” klublarida o‘ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist