Erik Lamela 33 yoshida faoliyatini yakunladi
Фото: Getty Images
Argentina terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Erik Lamela 33 yoshida faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Futbolchining so‘nggi klubi Afinaning AEK jamoasi bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda 31 o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Endi Lamela “Sevilya” bosh murabbiyi Matias Almeydaning shtabidan o‘rin oladi. Unga Andalusiya klubi yot emas — 2021 yildan 2024 yilgacha shu jamoada o‘ynab, Yevropa Ligasini qo‘lga kiritgan. Vinger faoliyati davomida "River Pleyt", "Roma" va "Tottenxem"da ham to‘p surgan.
Erik Argentina milliy jamoasida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. U 2021 yili FIFA tomonidan eng chiroyli gol uchun beriladigan Ferenc Puskash sovrinini qo‘lga kiritgan
Bahrom Bobonov
Redaktor