Erik Garsiya «Barselona» safida Chempionlar Ligasida eng koʻp qizil kartochka olgan futbolchiga aylandi
Kataloniyalik ikki oʻyin natijasiga koʻra «Atletiko»ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etdi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvida olgan qizil kartochkasidan so‘ng, klub safida mazkur musobaqada eng ko‘p chetlatilgan futbolchiga aylandi. Bu haqda MisterChip ma’lum qildi.
«Barselona» uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:3) musobaqani tark etdi.
«Barselona» futbolchilarining Chempionlar Ligasidagi chetlatishlari:
- 3 — Erik Garsiya;
- 2 — Ronald Arauxo, Pau Kubarsi, Jerar Pike.
Chempionlar ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Erik Garsiya 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Shuningdek, uning hisobida Ispaniya chempionatidagi 29 ta o‘yin, bitta urilgan gol va bitta samarali uzatma bor.
Nasrullo Karimov
Jurnalist