locale OZ

Enzo Mareska “Manchester Siti”ning g‘alabasiga izoh berdi

“Shaharliklar” anubiy Koreyaning K-liga yulduzlarini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enzo Mareska “Manchester Siti”ning g‘alabasiga izoh berdi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska Janubiy Koreyaning K-liga yulduzlariga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin fikr bildirdi.

“Shaharliklar” mazkur bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mareska uchun natijadan ko‘ra, futbolchilarning mashg‘ulotlarda bajarilgan ishlarni maydonda namoyish etgani muhimroq bo‘lgan.

“Bu yoqimli tuyg‘u. Ammo eng muhimi — ilk kundan boshlab yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan jihatlarimizni maydonda ko‘rish. Futbolchilar buni namoyish etish uchun katta kuch sarfladi”, — dedi Mareska.

Mutaxassis jamoaga qanotlarda vaziyat yarata oladigan kuchli futbolchilar zarurligini ta’kidlab, Antuan Semenyo va Savioning harakatlarini alohida qayd etdi. Shuningdek, gol urgan Divin Mubamaning mashg‘ulotlardan zavq olayotganini bildirdi.

“Manchester Siti” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 16-avgust kuni Angliya Superkubogi doirasida “Arsenal”ga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting