locale OZ

Enzo Mareska: «Manchester Siti»ni boshqarish men uchun ulkan imkoniyat”

Mareska 29 iyun kuni rasman “shaharliklar” bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enzo Mareska: «Manchester Siti»ni boshqarish men uchun ulkan imkoniyat”
ФОТО: Getty images

Italiyalik mutaxassis Enzo Mareska “Manchester Siti” bosh murabbiyi etib tayinlangandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Manchester Siti” — men juda yaxshi biladigan klub. Bu jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish men uchun ulkan imkoniyat.

“Siti” juda yuqori darajada boshqariladigan futbol klubi. Bu yerda barcha ishlar innovatsion yondashuv, puxta rejalashtirish va aniq maqsad asosida amalga oshiriladi”, — dedi Mareska.

Eslatib o‘tamiz, Mareska 29 iyun kuni rasman “Manchester Siti” bosh murabbiyi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Xosep Gvardiolaning o‘rnini egalladi. Ispaniyalik mutaxassis klubni 10 yil davomida boshqargan edi.

Mareska bundan avval, 2022–2023 yillarda “Manchester Siti”da Gvardiolaning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting