locale OZ

Entoni Teylor Turkiyada yangi lavozimga tayinlandi

Endilikda tajribali angliyalik mutaxassis o‘z bilim va tajribasini Turkiya futbolidagi hakamlik tizimini takomillashtirishga yo‘naltiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Entoni Teylor Turkiyada yangi lavozimga tayinlandi
Foto: Getty Images

Angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor futbolchilik emas, hakamlik faoliyatidan keyingi yangi ishini boshladi. 47 yoshli mutaxassis Turkiya Superligasida hakamlik masalalari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Turkiya Futbol federatsiyasi huzuridagi Markaziy hakamlar kengashi rasman ma’lum qildi. Yangi lavozimda Teylor hakamlar tizimini rivojlantirish, strategik rejalarni ishlab chiqish hamda yangi avlod hakamlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Entoni Teylor Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini 16 yil davomida boshqargan. Avvalroq u 47 yoshida hakamlik faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting