locale OZ

Entoni Teylor: «Shaxsan meni bu holat xafa qiladi»

Sobiq ingliz hakami Entoni Teylorning hisoblashicha, sobiq futbolchilar va hakamlar tomonidan hakamlarning bir tomonlama tanqid qilinishi ularning atrofida qo‘rquv madaniyatini shakllantiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Entoni Teylor: «Shaxsan meni bu holat xafa qiladi»
photo: gettyimages

Sobiq ingliz hakami Entoni Teylorning hisoblashicha, sobiq futbolchilar va hakamlar tomonidan hakamlarning bir tomonlama tanqid qilinishi ularning atrofida qo‘rquv madaniyatini shakllantiradi.

Teylorning so‘zlariga ko‘ra, hakamlar qarorlarini tahlil qilish faqat hakamning haq yoki nohaq ekanligini aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ko‘plab vaziyatlarning subyektivligini ham hisobga olishi kerak.

«Shaxsan meni bu holat xafa qiladi, chunki ko‘pincha bunday tahlilda hech qanday muvozanat bo‘lmaydi.

O‘yinlarni go‘yoki obyektiv tahlil qilish haqida gapirganimizda, studiyadagi sobiq futbolchi bo‘ladimi yoki sobiq hakammi, bu jarayon muvozanatli va adolatli bo‘lishi kerak.

Agar bu faqat bir tomonlama tanqid bo‘lsa, u qo‘rquv, hurmatsizlik va uyat madaniyatini yaratadi.

Odamlar oddiy javob olishni xohlashadi: qaror to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Ammo futbol realligi shundaki, to‘g‘ri va noto‘g‘ri o‘rtasida ko‘plab subyektiv va fikrga asoslangan jihatlar bor. Hozirgi kunda bu ko‘pincha inobatga olinmaydi.

Men hech qachon vazifam kimnidir tanqid qilish bo‘lgan vaziyatda qolib ketishni istamasdim. Men inson nima uchun u yoki bu qarorni qabul qilganini yetarlicha yaxshi tushunaman, deb o‘ylashni xohlardim.

Albatta, qaror xato bo‘lishi ham mumkin. Ammo deyarli hech kim uning qabul qilinishiga sabab bo‘lgan omillarni tushunishga harakat qilmaydi», – dedi Teylor.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting