Entoni Gordon Barselonaga o‘tmoqda!
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ingliz klubi rahbariyati va saudiyalik xo‘jayinlar kataloniyaliklarning rasmiy taklifini qabul qilishgan.
photo: gettyimages
Entoni Gordon Barselonaga o‘tmoqda!
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ingliz klubi rahbariyati va saudiyalik xo‘jayinlar kataloniyaliklarning rasmiy taklifini qabul qilishgan.
Barselona Gordon uchun 70 million yevro va bonuslar to‘laydi, umumiy summa esa 80 million yevrodan oshadi. Entoni shu hafta ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, Gordon yakunlangan mavsumda APL doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor