locale OZ

Entoni Gordon «Barselona» tarixidagi eng qimmat transferlar top-7 ligiga kirdi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Entoni Gordon «Barselona» tarixidagi eng qimmat transferlar top-7 ligiga kirdi
FOTO: Getty Images

Hujumchi Entoni Gordonning «Nyukasl»dan «Barselona»ga oʻtishi Kataloniya klubi tarixidagi yettinchi eng qimmat xaridga aylandi. Bu koʻk-anorranglilar uchun 2019 yildagi Antuan Grizmann transferidan keyingi eng yirik moliyaviy kelishuv hisoblanadi. OAV xabarlariga koʻra, jamoa ingliz futbolchisi uchun bonuslar bilan birga 80 million yevrogacha toʻlaydi.

Shu tariqa, Gordon klub tarixidagi eng qimmat transferlar roʻyxatida kuchli ettilikni yakunlab berdi.

«Barselona» tarixidagi eng qimmat 7 ta transfer:

  1. Usmon Dembele — € 148 mln («Borussiya» Dortmunddan)
  2. Filippe Koutinyo — € 135 mln («Liverpul»dan)
  3. Antuan Grizmann — € 120 mln («Atletiko» Madriddan)
  4. Neymar — € 88 mln («Santos»dan)
  5. Frenki de Yong — € 86 mln («Ayaks»dan)
  6. Luis Suares — € 81,7 mln («Liverpul»dan)
  7. Entoni Gordon — € 80 mln («Nyukasl»dan)

Ortda qolgan mavsumda Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ayni damda vingerning narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting