locale OZ

Enso Mareska rasman «Manchester Siti» bilan shartnoma imzoladi — Romano

Tomonlar oʻrtasida 3 yillik bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enso Mareska rasman «Manchester Siti» bilan shartnoma imzoladi — Romano
FOTO: Getty Images

«Chelsi» sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Siti» bilan rasman shartnoma imzoladi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yangi bosh murabbiy tayinlovi yaqin soatlar ichida klub tomonidan rasman e’lon qilinadi. Manbaga ko‘ra, 46 yoshli italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan 2029 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga qo‘l qo‘ygan. «Siti» rahbariyati Mareskaga jamoaning yangi transfer strategiyasini to‘liq mustaqil shakllantirish vakolatini taqdim etgan.

Italiyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyida Londonning «Chelsi» klubini tark etganidan buyon erkin agent maqomida bo‘lib turgandi. Qayd etish joizki, Enso Mareska uchun «Manchester Siti» begona emas. U muqaddam klub tizimida, xususan, 2022 yildan 2023 yilga qadar Pep Gvardiolaning murabbiylar shtabida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan, shuningdek, manchesterliklarning yoshlar jamoasini ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 may kuni «Manchester Siti» o‘z rasmiy saytida bosh murabbiy Pep Gvardiolaning joriy mavsum yakunlangach, amaldagi shartnomasi yakuniga yana bir yil (2027 yilgacha) muddat bo‘lishiga qaramay, jamoani tark etishi haqida e’lon qilgan edi. Endilikda klubni yangi g‘alabalar sari aynan uning sobiq yordamchisi Mareska yetaklab boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting