Enso Fernandesning transfer narxi ma’lum bo‘ldi
Londonning «Chelsi» klubi jamoa yarimhimoyachisi Enso Fernandesning transfer qiymatini 120 mln funt sterling (139,2 mln yevro) etib belgiladi. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Insayder bergan ma’lumotlarga ko‘ra, London klubi rahbariyati argentinalik futbolchini tarkibda saqlab qolishga umid qilmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmayapti, biroq yarimhimoyachining o‘zi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirish istagida ekanini bildirgan.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Enso Fernandes «Chelsi» safida barcha turnirlar doirasida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 7 ta golli uzatmani rasmiylashtirib qo‘ydi. Argentinalik futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandesning ayni damdagi transfer bahosi 90 mln yevroni tashkil etmoqda.