locale OZ

Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin

London klubi argentinalik futbolchini faqat uning o‘rniga yangi yarim himoyachi topilgan taqdirdagina qo‘yib yuboradi.
Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin
Foto: Getty Images

“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga o‘tishi xavf ostida qoldi. Daily Telegraph jurnalisti Mett Lou ma’lumotiga ko‘ra, London klubi argentinalik futbolchini faqat uning o‘rniga yangi yarim himoyachi topilgan taqdirdagina qo‘yib yuboradi.

“Chelsi” Fernandesga o‘rinbosar sifatida “Monako”dan Lamin Kamara, “Roma”dan Manu Kone va nomi oshkor qilinmagan yana bir Premyer-liga futbolchisini ko‘rib chiqmoqda. Biroq “Monako” Kamara bo‘yicha taklifni rad etgan, “Roma” bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini esa Koneni jamoada saqlab qolmoqchi.

Bundan tashqari, “Chelsi” “Manchester Siti”dan Fernandes uchun yaxshilangan taklif kutmoqda. Londonliklar avvalgi taklifdan qoniqmagan va uni rad etgan. Shu sababli transfer oynasining so‘nggi kunida kelishuvni yakunlash tobora qiyinlashmoqda.

Ma’lumot uchun, Enso Fernandes “Chelsi” safiga 2023-yilning yanvarida Portugaliyaning “Benfika” klubidan kelib qo‘shilgan. Argentinalik futbolchi 2022-yilda terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan va turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting