locale OZ

Enso Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv bugun yakunlandi

Futbolchining o‘zi ham «Chelsi»da birga ishlagan adashi, yaxshi til topishgan Enso Mareska bilan yana birga ishlashni xohlagan.
Enso Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv bugun yakunlandi
photo: gettyimages

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Enso Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv bugun yakunlandi.

Futbolchining o‘zi ham «Chelsi»da birga ishlagan adashi, yaxshi til topishgan Enso Mareska bilan yana birga ishlashni xohlagan.

«Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng transfer summasi 125 million funt sterlingdan (146 million yevro) oshishi bo‘yicha kelishuvga erishildi, chunki «Chelsi» sotuvni ma’qulladi», - deb yozadi Romano.

«Enso faqat «Manchester Siti»ga o‘tmoqchi edi va endi u yangi klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda», - qo‘shimcha qildi insayder.

Ta’kidlash lozim, bu «Siti» tarixidan eng qimmat transfer sifatida o‘rin egallaydi. O‘z navbatida, umumiy APL tarixida esa Aleksandar Isakning transferidan keyingi ikkinchi eng qimmat kelishuv bo‘ldi.

Enso Fernandes 2023 yilning yanvarida Argentina milliy jamoasi safida jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinidan so‘ng «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting