locale OZ

Enso Fernandes Xabi Alonsoga «Chelsi»da ketmoqchi ekanligini aytdi — MD

Argentinalik futbolchining londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enso Fernandes Xabi Alonsoga «Chelsi»da ketmoqchi ekanligini aytdi — MD
FOTO: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes klub rahbariyati va bosh murabbiy Xabi Alonsoni yozda jamoani tark etish istagi borligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning taʼkidlashicha, «koʻklar» futbolchiga uning ehtimoliy transferi uchun 120 million yevro talab qilishlarini maʼlum qilgan — bu argentinalik futbolchi 2023 yilning qishida sotib olingan summadir. Fernandesning agenti ushbu transferni amalga oshirish maqsadida Madridning «Real» klubi bilan aloqaga chiqqan.

Yakunlanayotgan mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlarda 54 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting