locale OZ

Enso Fernandes Messi bilan xayrlashdi: “Keyingi yig‘inni sensiz tasavvur qilish qiyin”

Fernandes Messining ketishi uni juda qayg‘uga solganini ta’kidladi.
Enso Fernandes Messi bilan xayrlashdi: “Keyingi yig‘inni sensiz tasavvur qilish qiyin”
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. “Chelsi” futbolchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jamoadoshi bilan xayrlashdi.

Fernandes Messining ketishi uni juda qayg‘uga solganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bolaligida Argentina terma jamoasining asosiy tarkibiga yetib borish va Messi bilan birga maydonga tushishni orzu qilgan.

25 yoshli futbolchi terma jamoaning navbatdagi yig‘inini Messisiz tasavvur qilish qiyinligini ham qayd etdi. Fernandes endi jamoa maydonga chiqqanda 10-raqamli futbolkada Messini ko‘rmaslik g‘alati bo‘lishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 31-avgust kuni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U milliy jamoa bilan 2022-yilgi Jahon chempionati va ikki marta Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting