locale OZ

Enso Fernandes «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi – Jeykobs

Futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Enso Fernandes «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi – Jeykobs
ФОТО: Getty images

“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes APLning so‘nggi turida “Sanderlend”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, londonlik muxlislar tomon ishora qildi. Bu harakat ko‘pchilik tomonidan uning ehtimoliy xayrlashuvi sifatida qabul qilindi.

Jurnalist Ben Jeykobsning X tarmog‘ida xabar berishicha, argentinalik havbek Ispaniya grandi — “Real”dan aniq taklif tushsa, o‘tish variantini ko‘rib chiqishga ochiq.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” vakillari ham futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki va norasmiy aloqalar o‘rnatishgan.

Xabar qilinishicha, Fernandes Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etishni istaydi, “Chelsi”ning omadli bo‘lmagan mavsumi esa klub uchun uni yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirishni qiyinlashtirmoqda.

Shu bilan birga, londonliklar havbekni yozda o‘zlari uchun moliyaviy jihatdan noqulay shartlarda sotish niyatida emas.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting