Enriquening «PSJ»dagi kelajagi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanish arafasida.
ФОТО: Getty images
Fransiyaning “PSJ” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enriquening klubdagi kelajagi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Football Espana nashri yozishicha, Parij klubi ispaniyalik bosh murabbiyga 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.
Enriquening amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlanishiga qaramay, uning Parij klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga hozircha asos yo‘q.
Sababi, klub sport direktori Luis Kamposning amaldagi shartnomasi ham aynan shu yilda yakunlanadi.
Luis Enrike Parij klubi bilan shartnomasini yangilashni rejalashtirmayotgani va murabbiy shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist