Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida 100-g‘alabasini qayd etdi
Enrike 2023 yil yozidan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionati 18-turi doirasida «PSJ» o‘z maydonida «Lill»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur g‘alaba ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike uchun «PSJ» bosh murabbiyi sifatidagi 100-g‘alabasi bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Shu vaqt ichida parijliklar ikki marta Fransiya chempionati, ikki bor mamlakat kubogi va uch marta Superkubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, klub Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda Qit’alararo kubokda ham g‘alaba qozongan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist