Enrike: «Chempionlar ligasidagi ikkinchi g‘alabamizni haqli ravishda qo‘lga kiritdik»
“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finalida “Arsenal” ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabani (1:1, penaltilar seriyasida 4:3) sharhladi.
“Bu eng qiyin raqiblardan biriga qarshi yuqori darajadagi final bo‘ldi. Ayniqsa, dastlabki 10 daqiqada gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin juda murakkab bo‘ldi. Ularning rejasi mukammal edi, bu bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi”.
“Ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynay boshladik. “Arsenal”ning past himoya bloki, jismoniy qudrati va mukammal himoyasi qarshisida o‘ynash oson emas. Shu sabab, o‘zimiz bilan faxrlansak arziydi”.
“Ketma-ket uchinchi g‘alaba haqida o‘ylash mumkin. Biz oldimizga shunday maqsadni qo‘yganimizdan xursandmiz, chunki klubimiz va muxlislarimiz bunga munosib”.
“Penaltilar seriyasiga sovuqqonlik bilan yondashmoqchi edik. Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz standart vaziyatlar bo‘yicha Yevropaning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik, biroq menimcha, biz ustunlik qila oldik. Biz sovrinni, Chempionlar ligasidagi ikkinchi g‘alabamizni haqli ravishda qo‘lga kiritdik”.
“Aql bovar qilmas natija, qilgan ishimizni amalga oshirish juda qiyin edi. Biz muxlislarimiz va klubimizni qo‘llab-quvvatlaydigan barchadan faxrlanamiz. Juda baxtiyormiz, endi bayram qilish mumkin”, — dedi Luis Enrike.