Enrike «Barselona»ga qaytishi mumkin
U 2014–2017-yillar oralig‘ida “Barselona”ni boshqargan.
ФОТО: Getty images
“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike yaqinda bergan intervyularidan birida “Barselona”ga qaytishni istayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis Fransiyada o‘zini qulay his qilayotgan bo‘lsa-da, Ispaniyadagi hayotini sog‘inmoqda. Enrikening Parij klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2014–2017-yillar oralig‘ida “Barselona”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida Kataloniya klubi UEFA Chempionlar Ligasi, shuningdek, ikki bor La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist