Endryu Robertson YChLda oʻziga xos rekord oʻrnatdi
Shotlandiyalik futbolchi 2017 yildan buyon «Liverpul» safida toʻp surmoqda.
FOTO: Getty Images
«Liverpul»ning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson Chempionlar ligasida 6-tur umumiy bosqichidagi «Inter»ga qarshi uchrashuvda (1:0) 63-uchrashuvini o‘tkazdi.
Shu tariqa, Robertson Chempionlar ligasi mavjud bo‘lgan davrda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan shotlandiyalik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Robertson 2017 yil yozidan buyon «Liverpul» safida to‘p suradi. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 68 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 mln yevroni tashkil qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist