locale OZ

Endrik qishda “Real Madrid”ni tark etishi mumkin

20 yoshli braziliyalik futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, yanvar oyida boshqa klubga ijara asosida ketish variantini ko‘rib chiqadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik qishda “Real Madrid”ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

“Real Madrid” hujumchisi Endrik qishda jamoani tark etishi mumkin. 20 yoshli braziliyalik futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, yanvar oyida boshqa klubga ijara asosida ketish variantini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida Endrik “Roma”ga ijara asosida o‘tishga juda yaqin bo‘lgan. Biroq “Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchi bilan suhbatlashib, uni jamoada qolishga ko‘ndirgan. Shunga qaramay, hujumchining Madriddagi o‘yin vaqti hozircha juda cheklangan.

“Roma” Endrikka bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda va yanvar oyida yana muzokaralarga qaytishi mumkin. Agar uning “Real”dagi vaziyati o‘zgarmasa, braziliyalik futbolchining qishki transfer oynasida ijara asosida ketishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Endrikning “Real Madrid” bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi. U joriy La Liga mavsumida hozircha atigi bir uchrashuvda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting