locale OZ

Endrik: Modrich 40 yoshda bo‘lsa-da, juda kuchli edi

Endrik «qaymoqranglilar» tarkibida unda eng katta taassurot qoldirgan futbolchi haqida to‘xtaldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik: Modrich 40 yoshda bo‘lsa-da, juda kuchli edi
photo: Google

Endrik «qaymoqranglilar» tarkibida unda eng katta taassurot qoldirgan futbolchi haqida to‘xtaldi:

«Bu 100 foiz Luka Modrich. Birinchi yilda u menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Nafaqat mashg‘ulotlarda, balki o‘yinlarda ham — bu haqiqiy futbol mahorat darsi edi. U 40 yoshda bo‘lsa-da, juda kuchli edi. Luka har kuni mashq qilardi. Hatto maydonga tushmagan kunlari ham klubga kelib, o‘zi uchun qo‘shimcha mashqlarni bajarardi.

Uning o‘yin uslubi aql bovar qilmas darajada. U menga doim maslahatlar berardi, maydonda nima qilishim kerakligini aytardi. Bu menga juda katta yordam berdi. U futbolda men uchratgan eng ajoyib insonlardan biri», — dedi 19 yoshli Endrik.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting