locale OZ

Endrik “Milan”ga o‘tishi mumkin

“Rossonerilar” 20 yoshli braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik “Milan”ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

“Real Madrid” hujumchisi Endrik faoliyatini Italiyaning “Milan” klubida davom ettirishi mumkin. “Rossonerilar” 20 yoshli braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Milan” Endrikni yozda ham o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq “Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyo transferga ruxsat bermagan. Endilikda italiyaliklar yanvar oyida yana muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Futbolchiga “Roma” ham qiziqish bildirmoqda.

“Milan”ning asosiy ustunliklaridan biri Endrik vakillari bilan yaxshi munosabatlarga ega ekani hisoblanadi. Shu bilan birga, “Real Madrid” braziliyalik futbolchini sotishni emas, qisqa muddatga ijaraga berishni ma’qul ko‘rmoqda. Joriy mavsumda Endrik Madrid klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Endrik joriy mavsum La Ligada atigi 4 daqiqa maydonda harakat qilgan. O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Lion”da ijarada o‘tkazgan braziliyalik futbolchi esa 21 ta uchrashuvda 8 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting