Endrik «Milan»ga ijaraga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik mavsumning qolgan qismini «Milan»da ijara asosida o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu transfer amalga oshishi uchun Ispaniya klubi rahbariyatining roziligi talab etiladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalik futbolchi muntazam ravishda maydonga tushish maqsadida Italiya klubiga o‘tishni istamoqda. Endrikning «Milan»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar avgust oyida ham o‘tkazilgan, ammo o‘shanda kelishuv amalga oshmagan. Transferga «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo to‘sqinlik qilgan.
Endrik 2024-yil iyul oyidan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Real» bilan shartnomasi 2030-yil iyun oyigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida to‘p tepgan. U chempionatda 19 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.