Endrik Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Futbolchining narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
“Real” klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan braziliyalik hujumchi Endrik Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Le10Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Marsel” klubi 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. Fransiyaliklar Endrikni mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ushbu bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin.
Futbolchining narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Endrikning “qirolicha klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist