locale OZ

Endrik faoliyatini «Lion»da davom ettirishga qaror qildi

Transfer yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik faoliyatini «Lion»da davom ettirishga qaror qildi
ФОТО: Getty images

“Real” hujumchisi Endrik kelgusida faoliyatini “Lion”da davom ettirishga qaror qilgan. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Futbolchi “sherlar” bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan suhbatdan so‘ng "Lyon"ga o‘tish istagini bildirgan.

Qayd etilishicha, klub ustozi Endrik bilan telefon orqali muloqot qilib, braziliyalikni klub loyihasiga ishontirgan. "Real" hujumchisi 1 yanvardayoq "Lion"ga o‘tishi uchun ijara shartnomasi imkon qadar tezroq tuzilishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda (4:0) 11 daqiqa maydonda harakat qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting