locale OZ

Endi rasman: Yuki Tsunoda Red Bull mashinasini boshqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endi rasman: Yuki Tsunoda Red Bull mashinasini boshqaradi
Rasm: f1-world.ru Yuki Tsunoda

27-mart kuni "Red Bull"ning rasmiy sahifasida yaponiyalik poygachi Yuki Tsunoda yangi zelandiyalik haydovchi Liam Lousonning o‘rnini egallashi haqida xabar e’lon qilindi. "Red Bull" OAV vakillarining ma’lum qilishicha, mavsumni qiyinchilik bilan boshlagan Avstriya jamoasi rahbarlari o‘z haydovchilari orasida o‘zgarish qilishga qaror qilishgan. Endi Liam Louson "Racing Bulls" jamoasiga qaytadi, yaponiyalik esa o‘zi uchun vataniy poyga bo‘lgan Yaponiya Gran-prisidan boshlab "Red Bull"ning asosiy jamoasida ishtirok etadi.

Yaponiya Gran-prisi to‘rtinchidan oltinchi aprelgacha bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki ikki poygada yangi zelandiyalik birorta ham ochko to‘play olmadi va 15-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Yaponiyalik esa o‘z hisobiga uch ochko yozdirib qo‘ydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting