locale OZ

Endi chiptalarni firibgarlar soxtalashtira olmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endi chiptalarni firibgarlar soxtalashtira olmaydi
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. UFA ushbu o'yin oldidan chiptalar masalasida bayonot berdi:

"iTicket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi oʻyinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionida oflayn savdo tartibini joriy etadi. Mazkur chiptalar maxsus kodlangan. Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, ko‘plab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi bo‘lishgandi.

Chiptalar sotuvi boshlanish sanasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi",-deb yoziladi xabarda

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvi 10-iyun kuni soat 18:45da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting