locale OZ

Emiliano Martines “Chelsi”ga o‘tishga rozilik berdi

Avvalroq argentinalik darvozabonga “Tottenhem” ham qiziqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emiliano Martines “Chelsi”ga o‘tishga rozilik berdi
Foto: Getty Images

“Aston Villa” va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga tayyor. 33 yoshli futbolchi London klubining loyihasiga qo‘shilishga rozilik bergan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Martinesning o‘zi transfer amalga oshishini istamoqda va yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin “Chelsi”ga o‘tishga umid qilmoqda. Hozircha yakuniy qaror London klubi rahbariyatiga bog‘liq bo‘lib, klub ichida muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq argentinalik darvozabonga “Tottenhem” ham qiziqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq hozirda “shporlar” Martines transferini ko‘rib chiqmayapti, chunki klub Antonin Kinski va Martin Dubravkaning o‘yinidan qoniqmoqda.

Ma’lumot uchun, Martines 2025/26-yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasida “Aston Villa” safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, u Yevropa Ligasida 11 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting