locale OZ

Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tdi

Martinesning ayni paytdagi bozor qiymati 12 mln yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emiliano Martines «Chelsi»ga o‘tdi
ФОТО: Getty images

«Chelsi» klubi rasmiy sayti orqali darvozabon Emiliano Martines transferini e’lon qildi. Argentinalik golkiper «Aston Villa»dan London klubiga ko‘chib o‘tdi va yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

33 yoshli darvozabon 2020 yil sentyabridan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Martines birmingemliklar safida barcha musobaqalar doirasida 256 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 80 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

OAV xabarlariga ko‘ra, «Chelsi» argentinalik posbonning transferi uchun 8,7 mln yevro to‘laydi.

Martines 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, 2025/26 yilgi mavsumda «Aston Villa» tarkibida Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Martinesning ayni paytdagi bozor qiymati 12 mln yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting