Emery: «Yevropa Ligasi «Aston Villa» uchun muhim turnir»
"Aston Villa" 15 ochko jamg‘arib, jadvalda uchinchi o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Yevropa Ligasi umumiy bosqich 6-turida "Aston Villa" jamoasi Shveytsariyaning "Bazel" klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng ingliz jamoasi ustozi Unai Emery o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Juda yaxshi kayfiyatdamiz. ‘Aston Villa’ muvaffaqiyatli tarzda harakat qilmoqda. O‘yinda 90 daqiqa barqaror harakat qilmadik. Ammo baribir yakunda g‘alaba qozondik. Qisqasi, jamoa yaxshi o‘yin namoyish etdi. Takror aytaman, Yevropa Ligasi ‘Aston Villa’ uchun muhim turnir hisoblanadi”, - deya Emeryning so‘zlaridan keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ortda qolgan olti turdan so‘ng "Aston Villa" 15 ochko jamg‘arib, jadvalda uchinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist