Emerson – «Flamengo» futbolchisi
Photo: Getty Images
Braziliyaning «Flamengo» jamoasi «Milan»dan himoyachi Emersonni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, milanliklar ushbu transferdan 9 million yevro ishlab oladi. 26 yoshli futbolchi Braziliya klubi bilan 2028 yil yozigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.
Emerson yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi. U «Milan»dagi bir yillik mavsumidan so‘ng Yevropani tark etmoqda. Qayd etish lozim, unga «Flamengo»dan tashqari Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor