Emeri «Liverpul»dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
"Aston Villa" safarda "Liverpul"ga 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
ФОТО: Getty images
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining "Liverpul"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz kurashdik, ba'zida ustunlik qildik. Aytish mumkinki, bizda yetarlicha vaziyatlar bo'ldi, jumladan, zarbalar ham. "Enfild"da so'nggi yarim soat davomida bo'lgani kabi hukmron futbolni ko'rsatish qiyin. Birinchi bo'lim oxiridagi gol "Liverpul" uchun juda muhim edi. Afsuski, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ko'nikish va ijobiy kayfiyatni saqlab qolgan holda davom etish kerak," — dedi Emeri BBC bilan suhbatda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist