Emeri: «G'alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi»
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri UEFA Yevropa Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi 1/2 finali doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi birinchi o'yindagi (0:1) mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Biz yarim finalda o'ynayapmiz, yarim final esa doim juda qiyin bo'ladi. Bunday qo'llab-quvvatlash bilan bu bosqichga yetib kelish ajoyib, lekin qiyinchilik darajasi ham shunga yarasha. Yarim finallarda g'alaba qozonish har doim qiyin.
Albatta, biz yutishimiz, durang o'ynashimiz yoki yutqazishimiz mumkin edi, lekin o'yin juda tig'iz kurashlarga boy bo'ldi. O'yin nuqtayi nazaridan, biz rejalashtirganimizdek harakat qildik deb hisoblayman va g'alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi. Lekin oldinda yana 90 daqiqa, balki qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasi ham bordir", — deya Emerining so'zlarini keltiradi "Aston Villa" matbuot xizmati.
"Aston Villa" va "Nottingem Forest" o'rtasidagi javob o'yini 7-may, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Turnir finalida ushbu qarama-qarshilik g'olibi "Braga" (Portugaliya) – "Frayburg" (Germaniya) juftligining eng kuchli jamoasi bilan o'ynaydi.