Emeri: «Barqarorlikka intilamiz va shu yo‘lda ishlayapmiz»
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi g‘alabasidan so‘ng Angliya Premyer-ligasidagi raqobat haqida o‘z fikrini bildirdi.
Birmingemliklar finalda "Fryayburg"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ilk bor ushbu kubokni qo‘lga kiritdi.
"APL — dunyodagi eng talabchan liga. Ilk yettilik, beshlik yoki to‘rtlik uchun kurashish oson emas. Biz "Manchester City" va "Arsenal" kabi jamoalarga yaqin bo‘lishga umid qilamiz. "Kanonirlar"ni chempionlik bilan tabriklayman! APL — biz uchun katta chaqiriq. Nega? Chunki biz avtomatik tarzda top-7ga kirishni maqsad qilmaymiz. Oltita kuchli jamoa bor, "Nyukasl" esa yettinchi. Bizning vazifamiz — shu o‘rinlar uchun kurashish. Barqarorlikka intilamiz va shu yo‘lda ishlayapmiz. Shu darajada qolishimiz kerak. Ana shunda evrokuboklarga yo‘llanma olamiz", — dedi Emeri BBCga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, "Aston Villa" o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasida g‘olib chiqib, ushbu musobaqada zafar quchgan oltinchi ingliz jamoasiga aylandi. Ayni paytda jamoa APL jadvalida mavsum tugashiga bir tur qolganida 62 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.