Emeri «Aston Villa»ning chempionlik uchun kurashi haqida: «Tinchlaning»
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 23-turi doirasida «Nyukasl» ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng birmingemliklarning chempionlik uchun imkoniyatlari borasidagi savolga javob berdi.
Hozirda «Aston Villa» turnir jadvalida «Manchester Siti» bilan birgalikda 2–3-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi va peshqadam «Arsenal»dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.
«Kelasi hafta biz o‘z maydonimizda «Brentford»ga qarshi o‘ynaymiz. O‘tgan haftada mag‘lub bo‘lganimizda esa hech kim mendan chempionlik imkoniyatlari haqida so‘ramagan edi.
Xo‘p, tinchlaning. Meni qiziqtirayotgan yagona maqsad — bu muvozanatni saqlash. Bunga erishishning men biladigan yagona yo‘li esa har kuni mehnat qilishdir. Agar barqaror natijalar ko‘rsatsang, balki yanada yaxshiroq o‘ynashing mumkin bo‘ladi va ehtimol, 35-turga kelib bu mavzuda boshqacha gaplasharmiz.
Albatta, biz «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi», «Liverpul», «Nyukasl», «Tottenhem» bilan raqobatdamiz… Voy, ularning kuchi naqadar katta… Ammo biz kurashni taklif qilyapmiz, ortda qolmayapmiz va ochkolar yig‘yapmiz», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi ESPN.