locale OZ

Emeri «Aston Villa»ni tark etishi mumkin

Unai 2022 yildan beri birmingemliklarni boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emery «Aston Villa»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emerining klubni tark etish ehtimoli ortib bormoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis klub tomonidan joriy etilayotgan moliyaviy cheklovlardan tobora ko‘proq norozi bo‘lib bormoqda.

Eslatma uchun, Emeri 2022 yilda jamoani qabul qilib olgandi. Shundan so‘ng jamoani evrokuboklar sari yetaklab bordi.

Ayni vaqtda birmingemliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 29 bahsdan so‘ng 51 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda boryapti.

12 mart kuni birmingemliklar Yevropa ligasi 1/8 finalining ilk bahsida Fransiyaning “Lill” klubiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting